Ishtixon tumanida “Yoshlar festivali” doirasida iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi

Bugun Ishtixon tumanida “Yoshlar festivali” tashkil etildi. Festival doirasida umumta’lim maktablarini oltin medal bilan tamomlagan 91 nafar hamda kumush medal bilan tamomlagan 26 nafar bitiruvchilarga medallar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 189 ballga teng sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, xalqaro IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan 10 nafar iqtidorli o‘quvchilar ham munosib taqdirlandi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin  Valiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. R.Yo‘ldoshev ishtirok etib, iqtidorli va bilimli yoshlarni samimiy qutladilar.
Tadbir davomida o‘quv yilini yuqori natijalar bilan yakunlagan, o‘z bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan bitiruvchilarning mehnati va intilishlari munosib e’tirof etildi.