Berlinda haydovchi avtomashinasini yo‘lovchilarning ustiga haydadi

Kecha, 8 iyun kuni tushdan keyin Germaniya poytaxti markazida avtomobil piyodalar yo‘lagi bo‘ylab ketayotgan bir guruh odamlarni bosib ketdi.

Unda 51 yoshli o‘qituvchi halok bo‘lgan, o‘ndan ziyod jarohatlanganlar, ular orasida bolalar ham bor. Ayrimlari og‘ir ahvolda.



Tilo Kablits, Berlin politsiyasi matbuot kotibi:
“Hozirda ma’lum bo‘lishicha, mashina Rankeshtrasse yaqinida, Tauensiyen hududidagi piyodalar yo‘lagiga chiqib ketgan va bir guruh odamlarni urib yuborgan, keyin yana yo‘lga chiqib, chorrahadagi do‘kon oldida to‘xtagan”.

Yo‘lovchilar tomonidan ushlanib, politsiyaga topshirilgan haydovchi 29 yoshli asli armanistonlik Germaniya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Uning harakati sabablari hozircha noma’lum. Ammo ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada jinoyatga iqror bo‘lgan xat topilgan. Shuningdek, gumonlanuvchi politsiyaga ekstremist sifatida emas, balki mulkka oid huquqbuzarliklari tufayli tanish bo‘lgani xabar qilinmoqda.