Berlinda “kartoshka toshqini”
- 02.02.2026 16:05
- 0
- Xorij
Germaniya poytaxtida belgilangan joylarga kelib, kartoshka qoplarini bepul olib ketishga chaqiruvchi e’lonlar paydo bo‘ldi.
Masalan, bir necha tonna kartoshkani mahalliy hayvonot bog‘i olib ketdi. Tarqatish maktab, cherkov va boshpanasizlar panohgohlarida ham amalga oshirilmoqda.
So‘nggi 25 yildagi eng katta hosil Kartoffel-Flut — «kartoshka toshqini» deb nomlandi va fermerlardan biri shu munosabat bilan keng ko‘lamli xayriya aksiyasini boshladi.
Ma’lumot uchun: nemislar kartoshkani juda yaxshi ko‘radi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, Germaniyaning bir fuqarosi bir yilda o‘rtacha 63 kilogramm kartoshka iste’mol qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Berlinda “kartoshka toshqini”
- 2 soat avval
- Xorij
Uchastka saylov komissiyalari a’zolari o‘qitildi
- Bugun, 14:37
- Jamiyat
“Qari Navo” Navoiyning asari ekanligi aytiladi
- Bugun, 14:36
- Maslahat