O‘zbekistonda OIV infeksiyali ayollardan har yili o‘rtacha 550-600 nafar chaqaloq tug‘ilmoqda
2006 yildan boshlab Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq, OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishini oldini olish dasturi joriy etilgan.
Unga ko‘ra har yili o‘rtacha 600 ming homilador OIV infeksiyasiga tekshiriladi.
OIV infeksiyali ayollardan har yili o‘rtacha 550-600 nafar chaqaloq tug‘iladi va ularga OIV infeksiyasini onadan bolaga o‘tishining oldini olish maqsadida retrovirusga qarshi dorilar o‘z vaqtida berib boriladi.
OIV infeksiyasining onadan bolaga o‘tishining oldini olish maqsadida tug‘ilgan chaqaloqlar (6 oylikkacha) sun’iy oziqlantirish (quruq sut) bilan ta’minlanadi.