Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
Internetga kirib, shunchaki sog‘liq to‘g‘risida savol bersangiz birtalay “maslahat”larga ko‘milasiz. Kimdir bu tavsiyalarga amal qiladi, boshqalar kimlar bilandir maslahatlashadi.
Shifokorlar esa salomatlik haqidagi afsonalar faktlarga qaraganda tezroq tarqalishi, ba’zida ular foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi va tashxissiz hech qanday dori-darmon ichish yoki o‘z-o‘zini davolash mumkin emasligi haqida gapiradi.
Birinchi afsona - vitaminlarni tashxislarsiz ham ichsa bo‘ladi. Aslida ba’zi moddalarning ortiqcha bo‘lishi yetishmovchilikdan ko‘ra xavfliroq.
Ikkinchi afsona - antibiotiklar viruslarni davolaydi. Ular faqat bakteriyalarga qarshi ishlaydi va darmondorilarning noto‘g‘ri qabul qilinishi ularning samaradorligini pasaytiradi.
Uchinchi afsona – sovuq havo shamollashni keltirib chiqaradi. Kasallikka past haroratlar emas, balki viruslar sabab bo‘ladi.
To‘rtinchi afsona - kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak. Suyuqlikka talab iqlim, faoliyat darajasi va salomatlik holatiga qarab o‘zgaradi.
Beshinchi afsona - bo‘g‘imlarning qarsillashi artritga olib keladi. Buning ilmiy dalillari yo‘q.
Oltinchi afsona - detoksli parhezlar tanani tozalaydi. Jigar va buyraklar bu “yumush”ni har xil sharbat va marafonlarsiz bajarishga qodir.
Yettinchi afsona - quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan faqat yozda foydalanish lozim. Aslida ultrafiolet nurlari yil davomida faolligicha qoladi.
Sakkizinchi afsona – har qanday stress doim zararli. O‘rtacha stress moslashishga yordam beradi va chidamlilikni oshiradi.
Shifokorlar mustaqil bo‘lishga, aldanmaslikka va atrofingizdagi dunyoni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan sog‘lom tanqidiy fikrlash salomatlik uchun eng yaxshi vosita ekanligini ta’kidlaydi.