Sigir qoplonga “onalik” qilgan ekan...

Hindistonning Gujaratida bir kishi sigir sotib oldi. Kechasi itlarning to‘xtovsiz vovullashi eshitila boshladi. Bu holat u sigir sotib olgan kundan boshlab har kuni kechki payt ketma-ket sodir bo‘laverdi. Buning sababini bilish maqsadida uy egasi hovlisiga videokamera o‘rnatishga qaror qildi.

Videotasmani kuzatar ekan, u har oqshom sigir yoniga kelib, o‘tirib oladigan qoplonni ko‘rib hayratlandi.

Qiziq, nega endi qoplondek yovvoyi hayvon uning sigiri oldiga kelar ekanu, unga hamla qilmasdan, saharda yana chiqib ketyapti? Erkak sigirning oldingi egasi oldiga yo‘l oldi.

Sigirning avvalgi egasi esa yangi tug‘ilgan qoplonning onasi bolasi endigina 20 kunlik bo‘lganida o‘ldirilganligi, sigir esa uni o‘z bolasidek bag‘riga olib, uni emizgani va hayotini saqlab qolganligi haqida aytib berdi.

Qoplon bolasi katta bo‘lgach, o‘rmonga tashlab ketilgan. Shundan so‘ng katta bo‘lib qolgan qoplon har kechasi kelib, “onasi”dan xabar olib, u bilan vaqt o‘tkazishda davom etar ekan...