583 mi yoki 585?: Tilla taqinchoqlardagi probalar nimasi bilan farq qiladi?
Tilla taqinchoqlar tarkibidagi oltinning sofligi buyumning chidamliligi, yorqinlikni saqlab qolishi va albatta, uning yakuniy bahosini belgilaydi. Ushbu maqolada turli xil probalar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqamiz.
750 probali yoki 18 karatli 75 foiz oltinni o‘z ichiga olgan qotishma ko‘pincha jilosiz yoki qizg‘ish rangga ega. Qimmat og‘ir zargarlik buyumlarining yuqori narxi ham sof metallning yuqori miqdori bilan bog‘liq.
Hech qanday aralashmalarsiz sof oltin juda yumshoq metall, undan mustahkam uzuk yoki zanjir yasashning iloji yo‘q, bo‘lgan taqdirda ham taqinchoqlar bir-ikki kun ichida egilib, yo‘q bo‘lib ketadi. Qotishma qattiq va chidamli bo‘lishi uchun oltinga kumush, mis, palladiy yoki nikel kabi boshqa metallar qo‘shiladi. Zargarlik buyumiga muhrlangan proba bu qotishmadagi sof oltinning aniq miqdorini belgilaydi.
Yana qanaqa probalar bor?

999 proba yoki amerikacha hisob-kitobdagi 24 karatlik deyarli sof oltin (99,9 foiz) odatda oddiy zargarlik buyumlari uchun ishlatilmaydi, chunki u juda yumshoq. U bank oltin quymasi va investitsion tangalarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
750 probali yoki 18 karatli 75 foiz oltinni o‘z ichiga olgan qotishma ko‘pincha jilosiz yoki qizg‘ish rangga ega qimmat. Og‘ir zargarlik buyumlarining yuqori narxi ham sof metallning yuqori miqdori bilan bog‘liq.
375 proba yoki 9 karatda atigi 37,5 foiz oltin bor. Kamdan-kam va asosan arzon zargarlik buyumlarida uchraydigan qorishmadan qilingan buyumlar tezda xiralashadi, chunki u juda ko‘p mis yoki kumushni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
Oq “tilla”dagi proba

Bu qandaydir boshqa yoki alohida metall emas, balki nikel, palladiy yoki kumush kabi oq metallar bilan qorishtirilgan oltin qotishmasi. Yorqin oq rang va jilolanishni yo‘qotmasligi uchun uchun bunday zargarlik buyumlari odatda platina guruhining eng nodir va eng qimmat qimmatbaho metali rodiy bilan qoplanadi. Oq tillaning xossalari va ko‘rinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning tozaligiga yoki qorishmadagi sof oltinning foiziga bog‘liq.
Qaysi probadagi oltin xiralashmaydi yoki qora iz qoldirmaydi?
Tarkibida oddiy metallar kam bo‘lgan 750 va 999 toifadagi buyumlar xiralashmaydi. 375 probali va ba’zida tarkibida mis yoki nikel ko‘p bo‘lgan 585 probali taqinchoqlar ostida teri yoki barmoqlar qorayadi.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, barmoqdagi uzuk ostidagi qora dog‘lar ko‘pincha probadan emas, balki qo‘lga surtilgan kosmetika, masalan, qo‘l kremining mis bilan reaksiyaga kirishishi yoki qo‘l terlaganda oksidlanish natijasida kelib chiqadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.