Aksar mamlakatlarda 19 fevral ramazon oyining birinchi kuni

2026 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli ko‘rinmaganini ma’lum qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan ma’lumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqladi. Shu bois, joriy yil 18 fevral kunini hijriy 1447 yil Sha’bon oyining o‘ttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilindi.

Quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19 fevral kuni, deb e’lon qildi:

- Misr Arab Respublikasi

- Iordaniya

- Suriya

- Iroq

- Eron

- Turkiya

- Qozog‘iston

- Qirg‘iziston

- Tojikiston

- Turkmaniston

- Ozarbayjon

- Indoneziya

- Bruney

- Ummon

- Singapur

- Avstraliya

- Yaponiya

- Pokiston

- Hindiston

- Malayziya

- Janubiy Koreya

Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan joriy yil 19 fevral kunini Ramazon oyining birinchi kuni, deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati