Ro‘zada narx oshmaydi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha bozor va yirik savdo majmualarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori”da ham xuddi shunday savdo yarmarkasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda kartoshka, sabzi, karam, guruch, mosh, no‘xat, tuxum, o‘simlik yog‘i, guruch, makaron kabi oziq-ovqat mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda sotilmoqda. Belorus davlatidan keltirilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari 70-75 ming so‘mdan, o‘zimizda yetishtirilgan go‘sht esa 100-120 ming so‘mdan sotilmoqda.  

- Ramazon oyida bozorlarimizda narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yarmarkadagi mahsulotlar boshqa savdo nuqtalaridagiga nisbatan arzon narxda sotiladi, – deydi “Siyob dehqon bozori” MChJ direktori Shohruh Alibekov. – Viloyatimizda tumanlar hokimliklari bilan bir oy davomida bozorga arzon mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldik.

Dilmurod TO‘XTAYeV,

Fazliddin RO‘ZIBOYeV olgan suratlar.