Samarqandlik uch nafar hamshira respublikada e’tirof etildi

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 12 may — Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini bo‘yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham e’lon qilindi.

Unda Kattaqo‘rg‘on tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi 8-son oilaviy poliklinika IT-operator hamshirasi Malika Jahonova 1-o‘rinni egalladi.


Tadbirda, shuningdek, "Patronaj doya — ayol salomatligi tayanchi" respublika ko‘rik-tanlovining turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblari ham taqdirlandi. Mazkur tanlovda Ishtixon tuman oilaviy shifokorlik punkti tibbiy brigada doyasi Dildora Muyassarova “Eng yaxshi muomala madaniyatiga ega patronaj doya”, sifatida e’tirof etildi.


Tadbir davomida oliy hamshiralik ishi mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” ko‘rik-tanlovining ham g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda Payariq tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi Chelak shifoxonasi tug‘ruq bo‘limi doyasi Malika Aslanova “Yilning eng yaxshi doyasi ” bo‘ldi.