Behbudiyning ruhi shod bo‘ldi

Kecha televizorda poytaxtdagi Milliy bog‘da tabarruk zaminimizda yashab o‘tgan, nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoviy ma’rifatga munosib hissa qo‘shgan adiblar haykallari o‘rnatilgan Adiblar xiyobonini ko‘rib to‘lqinlandim. O‘zbek adabiyotining ustunlari qatorida buyuk bobomiz, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning haykali borligi biz avlodlarga g‘urur va zavq bag‘ishladi.

Davlatimiz rahbari yil boshida Parlamentga murojaatida ulug‘ jadid Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yilligini nishonlash taklifini bildirgan edi. Samarqand viloyati hokimligi alloma yashagan va gazeta ochgan uyda, tarixiy binoda jadidlar, qatag‘on bo‘lgan ma’rifatparvarlar muzeyini tashkil etish harakatida.

El-yurt ma’rifati yo‘lida jonini fido etgan bobomizga ko‘rsatilayotgan izzat-ikrom uchun, avvalo Shavkat Mirziyoyevga, Milliy bog‘ bunyodkorlariga, haykaltaroshlarga, Samarqand viloyat hokimligiga, barcha ziyolilarga oilamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Jonajon yurtimizga, bunyodkor xalqimizga ko‘z tegmasin!

Behbudiylar sulolasi nomidan allomaning evarasi Shohruh BEHBUDIY.