“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida maktablarga kompyuter jamlanmalari berildi
- 17.05.2022 14:36
- 387
- Ta’lim
Ushbu loyiha doirasida o‘qitish maqsadida umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash belgilangan. Shu maqsadda respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘ evaziga Samarqand viloyatidagi 96 ta maktabga kompyuter jamlanmalari yetkazildi.
Bundan tashqari, Koreya Respublikasining "Eksembank" loyihasi doirasida viloyatdagi umumta’lim maktablariga 109 ta kompyuter jamlanmalari ham yetkazib berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 716-sonli qaroriga asosan mahalliy byudjetdan 78 ta maktab uchun mo‘ljallangan kompyuter jamlanmalari ochiq onlayn tanlovga qo‘yilgan. Tanlov yakuniga yetgach, mazkur kompyuterlar ham o‘z egalariga yetkaziladi.