Yutuqlarning siri nimada?
Yaqinda maktabimiz Investitsiya dasturi asosida qariyb 16 milliard söm mablağ evaziga töliq qayta taʼmirdan çiqarildi. Barça sinf xonalari va sport zali zamonaviy jihozlar bilan boyitildi.
Şu paytgaça maktabimizda futbol maydonçasi yöq edi — endilikda 18×36 metr hajmdagi yangi maydonça barpo etildi, maktab hovlisi esa töliq plita bilan qoplandi.
2026–2027-öquv yilini taʼlimdagi yangiça yondaşuvlar bilan boşladik. Maktabning pedagogik kengaşida öz içki imkoniyatlarimizdan unumli foydalaniş, har bir öqituvçi ongiga «Dars — muqaddas» tamoyilini singdiriş, «Ustoz-şogird» anʼanasiga qatʼiy amal qiliş hamda «Örgan — örgat» usulini keng joriy etişga kelişib oldik.
Yangi öquv yilida 1-sinf öquvçilarimizni Samarqand şahrining tarixiy obidalari va şaharda olib borilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari bilan yaqindan taniştirdik. Bu sayohatlar jajji öquvçilarimiz qalbida ona Vatanga muhabbat tuyğusini uyğotdi.
Yuqori sinf öquvçilari bilan esa tabiat qöyniga uyuştirilgan sayohatlar hamda oliygohlarning laboratoriyalarida ötkazilgan amaliy maşğulotlar öz samarasini bera boşladi. Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, SamDU botanika boği, Zarafşon qöriqxonasi va «SamAvto» zavodiga qilingan sayohatlar öquvçilarda katta taassurot qoldirdi. Şuningdek, SamDU professorlari A.Eşqobilov va Ş.Maxmatmurodovlarning öquvçilar bilan ötkazgan suhbatlari ğoyat sermazmunli keçdi.
Olib borilgan tizimli işlar natijasida bilimlar sinovi bölgan fan olimpiadasining şahar bosqiçida öquvçilarimiz tarix va fizika fanlaridan faxrli 1-örinni egallaşdi. «Beş taşabbus» sport musobaqalarida esa yengil atletika va basketbol turlari böyiça şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildik. Bundan taşqari, 9-«G» sinf öquvçisi M.Nasriddinova yengil atletika, R.Qurbonova suziş, A.Toşkenboyeva badiiy gimnastika böyiça Özbekiston çempioni degan şarafli nomga sazovor bölişdi. Öquvçimiz M.Xolmurodov esa karate böyiça xalqaro musobaqa ğolibiga aylandi.
Maktabimizning yangi baholaş tizimiga ötgani, muntazam ravişda «Oçiq dars»lar taşkil etilib, ularga ota-onalarning taklif qilinayotgani ham özining ijobiy natijasini bermoqda. Bu öquvçilar örtasida soğlom raqobatni yuzaga keltirib, ularni izlanişga, yangilik yaratişga va mavzuga doir körgazmali qurollarni öz qöllari bilan tayyorlaşga undamoqda.
«Kasbiy rivojlantiriş soati» kunlarida esa har bir ötilgan dars tahlil qilinib, kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Bu jarayon öqituvçilardan yangiça yondaşuv va öz ustida tinimsiz işlaşni taqozo etmoqda. Mehnatning munosib rağbatlantirilişi natijasida bugungi kunda 70 foizlik ustama oladigan öqituvçilarimiz soni 6 nafarga yetdi.
Xorijiy tillarni öqitişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Malakali mutaxassislar saboği tufayli önlab öquvçilarimiz xalqaro va milliy til sertifikatlarini qölga kiritmoqdalar. Ikki yildan buyon Eron davlatidan taşrif buyurgan xorijlik öqituvçi Salehi Mohammad Xalil öquvçilarimizning eng sevimli ustoziga aylangan. U maktabda taşkil etilayotgan turli ommaviy tadbirlarda faol iştirok etadi, xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga katta qiziqiş bilan qaraydi. Şu bilan birga, Eron madaniyati va qadriyatlari haqida ham öquvçilarga sözlab berib, ikki xalq örtasidagi döstlikni tarannum etuvçi tadbirlarni taşkil etmoqda. Bu esa öquvçilarning ingliz tili faniga bölgan qiziqişini yanada oşirmoqda.
F.Xoliqov,
Samarqand şahridagi 29-umumiy örta taʼlim maktabi direktori.