Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun tug‘ilgan kun: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich

Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muslihiddin Muhiddinov 1945 yil 5 mayda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan.
Samarqand davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universitetida o‘qituvchilikdan birinchi prorektorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Ustozning «Talqinlarda olamcha ma’no», «Ikki olam yog‘dusi», «Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik», «Alisher Navoiy ijodida ma’naviy pok inson talqini», «Komil inson - adabiyot ideali», «Nurli qalblar gulshani», “Ko‘ngil hayratlari” kabi kitoblari nashr etilgan. «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari, «Imom al-Buxoriy saboqlari», “Guliston” jurnallari tahrir hay’atining a’zosi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.M.Muxiddinov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.