Bulung‘urda daraxtlarni kesish oqibatida tabiatga 774 mln 642 ming so‘m zarar keltirildi

Joriy yilning 17 iyun kuni Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tezkor ishchi guruh olib borgan o‘rganishlar natijasida shaxsini oshkor etishni istamagan Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent-Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida yashil belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan qariyb 50-55 yoshlardagi 9 tup qayrag‘och daraxtlarini kesib tashlagan. Oqibatida tabiatga 774 mln 642 ming so‘m zarar keltirganligi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.

Eslatma, bugungi kunda Respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi.