“Dinamo” safarda “Nurafshon” ustidan g‘alabaga erishdi

Bugun Pro-liganing 19-turi doirasida “Dinamo” Buxoroning “Nurafshon” klubi mehmoni bo‘ldi. Bu jamoalar o‘rtasidagi 49-to‘qnashuv bo‘lib, unda “Dinamo”ning qo‘li baland keldi.

     Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Biroq ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida “Dinamo” jamoasi vakili Ro‘zimboy Ahmedov penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 83-daqiqada kelib, Shohrux Abdurahmonov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 2:0. 

O‘yinda hisob o‘zgarmadi va Hakim Fuzaylov shogirdlari Pro-liganing 19-turida 31 ochko to‘plab, turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rnini mustahkamladi.                                  

Ma’lumot uchun, shu vaqtgacha “Dinamo” va “Nurafshon” klublari o‘rtasidagi uchrashuvlarning 21 bahsida “Buxoro”, 18 uchrashuvda “Dinamo” g‘alaba qozongan. 10 ta o‘yinda durang qayd etilgan. “Buxoro” o‘zaro o‘yinlarda 71, “Dinamo” 64 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi - 4:1 bo‘lsa, “Buxoro”ning “Dinamo” ustidan erishgan yirik g‘alabasi - 6:0.