«Dinamo»chilar 2 ta gol urdi, ammo 4 ta gol o‘tkazib yubordi
- 03.04.2019 17:34
- 190
- Sport
Bugun bo‘lib o‘tgan «Dinamo» markaziy o‘yingohidagi «Vanfore Kofu» (Yaponiya) jamoasi bilan «Dinamo» futbol akademiyasining yosh futbolchilari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida 4:2 hisob bilan mehmonlar g‘alaba qozondi.
Birinchi taymning 15 daqiqasida futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari Diyorbek Bozorov gol urgan bo‘lsa, 43 daqiqada Otabek Avazxonov samarqandlik muxlislarni ikkinchi gol bilan xursand qildi. Birinchi taym asosiy yosh tarkib bilan tugadi. Keyingi taym akademiyaning ikkinchi tarkibi bilan boshlandi va shiddatli kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland kelib 4 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz: Yosh “Dinamo”chilar 5 aprel kuni Samarqand shahridagi “Lokomotiv” o‘yingohida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan birinchi O‘zbekiston chempionatida Navoiy viloyati yoshlari bilan maydonda bellashadi. Birinchi tur o‘yinlari 14:00 da va 16:00 da o‘tkaziladi.
Samarqandlik 2003-2005 yillarda tug‘ilgan yosh futbolchilar Navoiy viloyati maydonida kuch sinashadi.
Husan ELTOYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa