Epidemiya mavsumi davomida 1,246 691 ta test sinovlari o‘tkazildi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi:

Jami 9 199 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan. 6 034 nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 3138 nafari davolanmoqda. Ulardan:

➖ 8 nafari – o‘ta og‘ir;

➖ 16 nafari – og‘ir;

➖ 230 nafari –  o‘rta og‘ir;

➖ 2854 nafari – qoniqarli holatda.

➖ 165 nafarida pnevmoniya.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 937 ta, epidmavsum davomida 1,246 691 ta test sinovlari o‘tkazildi.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 65 207 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

41 173 nafar fuqarolar uy sharoitida, 24 034 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingan.