Endi samarqandliklar PSR test natijasini onlayn bilishlari mumkin

Samarqand viloyat sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi o‘zining samses.uz saytida samarqandliklar uchun qulaylik tashkil etdi.

Endilikda markazga koronavirus bor yo yo‘qligini aniqlash uchun test topshirgan fuqarolar boshqarma saytiga kirib, uning natijalarini aniqlashi mumkin.

Interaktiv xizmatlar bo‘limida joylashgan mazkur xizmat test natijasini olish uchun markaz binosida ortiqcha odamlar to‘planishiga chek qo‘yadi, kasallik tarqalmasligiga imkon yaratadi.

Shuningdek, mazkur saytda koronavirus bilan bilan bog‘liq dolzarb savollarga javob ham olish mumkin.