Erzurum — 2025 yil turizm poytaxti
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Turkiyaning Erzurum shahrini “2025 yil turizm poytaxti” deb e’lon qildi.
Aytish mumkinki, ushbu shahar bir qancha madaniy boyliklarga ega bo‘lish bilan birga sayyohlar uchun juda boy tarixiy yodgorliklarga ham ega.
Muhimi, Erzurumda har yili yangi turizm yo‘nalishlari ochiladi. Jumladan, bu yil Erzurum shahar hokimligining madaniyat va ijtimoiy ishlar boshqarmasi tomonidan shaharning janubi hisoblangan Karayazi, Tekman, Hinis, Karachoban, Ko‘pruko‘y va Pasinler tumanlaridagi tarixiy qal’alar, qabrlar, ko‘priklar, cherkovlar, masjidlar, g‘orlar, kanyon va vodiy kabi tabiiy go‘zallikka boy maskanlar hududning turizm manzillari qatoriga qo‘shildi.
Ayni paytda esa shaharning yangi turizm yo‘nalishlari va madaniy boyliklarini dunyoga tanitish uchun 2025 yildagi tadbirlarga hozirlik ko‘rilmoqda.
Ta’kidlanishicha, shaharning “2025 yil turizm poytaxti” etib tanlanganidan so‘ng, ilk marta janubiy tumanlarga professional tarzdagi sayohat dasturi tashkil etildi. Safarning birinchi bekati Tekman bo‘lib, u yerdagi Akpinar qishlog‘ini ziyorat qilish chog‘ida 41 turdagi gastronomiya buyumlarini ko‘rish mumkin. Hinis tumanida esa sayyohlar tarixiy Ulu masjidi va Hinis kanyonlarini ziyorat qiladi. Bu yerda sayyohlar tekisliklar, bog‘lar, cherkovlar, masjidlar va tarixiy joylarni ziyorat qilishlari mumkin.