Faol tadbirkorning tajribalari o‘rganiladi
"Bulung‘ur-Sandvik" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona viloyatimizdagi meva-sabzavotni qayta ishlovchi yirik quvvatlardan biri hisoblanadi.
2020 yilda tashkil etilgan korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi, aholidan xarid qiladi, qayta ishlaydi va eksport qiladi. Korxona rahbari Nosir Yusupovning Bulung‘ur tumanidagi Guliston mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida hudud aholisi, tumandagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbirkor uchrashuvda korxona faoliyati, hudud aholisi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, jahon bozorlariga sifatli mahsulotlar yetkazib berish borasidagi ishlar, tajribalari bilan fikrlashdi.
Korxona rahbari tadbirkorlikka qiziquvchilarni o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, shogirdlar tayyorlash, soha sirlarini o‘rgatish va yurtimizda ishbilarmonlikni rimojlantirish borasida hamkorlikka taklif etdi.
Ma’lumot uchun: ushbu korxona yil boshidan buyon 3 million dollarlik mahsulot eksport qildi va bu ko‘rsatkichni yil yakunigacha 7 million dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjud.
Uchrashuvga yig‘ilganlar tadbirkorlikka oid savollariga javob oldi. N.Yusupov esa qiziquvchilarga soha sirlarini o‘rgatish uchun tayyor ekanini bildirdi. Tadbirkorning tajribalari ommalashtiriladigan bo‘ldi.