Fransiya elchisi Samarqanddagi maktablarda bo‘ldi
- 11.02.2024 12:06
- 44
- Ta’lim
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Orelya Bushez xonim Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida dars jarayonlarida ishtirok etdi. Xabaringiz bor, 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi fransuz tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ta’lim muassasasida uch nafar fransiyalik o‘qituvchilar dars beradi. Tashrif davomida elchi ular bilan ham uchrashdi.
Shuningdek, elchi Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Mazkur maktabda ikkita xorijiy til va kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Tashrif davomida elchi fransuz tili darsida o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazdi, kasbga o‘qitish bo‘yicha to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- Kecha, 19:50
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Kecha, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Kecha, 11:31
- Mutolaa