Futbol U-17: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha U-17 yosh toifasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga chiqish uchun saralash bahslarida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Islom Ismoilov bosh murabbiyligidagi yosh futbolchilarimiz saralash bahslarining “Ye” guruhida dastlab Falastinni 3:0, ikkinchi turda Xitoy Taypeyini 1:0, uchinchi turda Iroqni 1:0 hisobida yengib, 100 foizlik natija bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi va Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bir necha kun davom etgan saralash bahslarida Afg‘oniston, Avstraliya, BAA, Eron, Indoneziya, Xitoy, Janubiy Koreya, KXDR, Tailand, Tojikiston, Vetnam, O‘mon, Yaman va Yaponiya terma jamoalari saralash bosqichidan o‘tib, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘l oldi.
U-17 Osiyo kubogi o‘yinlari 2025 yilning 3-20 aprel kunlari o‘tkaziladi.