"Gaz-zapravka"lar qachon ochilishi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim «gaz-zapravka»larda tanish-bilishchilik qilinayotgani hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz to‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

"O‘ztransgaz" ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi oqibatida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatildi.

Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik ob’yektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda ayrim AGTKShlar kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta’minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to‘ldirilgan gaz ballonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashi haqida xabar qilinadi.