Gitlerning Kanar orollarida maxfiy klinikasi bo‘lgan

Kanar orollaridan fashistlar Germaniyasining yetakchisi Adolf Gitler yashiringan ehtimoliy boshpanasi topildi. Taxminlarga ko‘ra, villa maxfiy klinika bo‘lib xizmat qilgan, bu yerda fyurer Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatidan so‘ng plastik jarrohligi o‘tkazilgach, Janubiy Amerikaga qochgan. Bu haqda The Sun Secret Nazi Bases (fashistlar maxfiy bazasi dasturi)ga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr mualliflari Fuerteventura oroli janubiy chekkasida joylashgan Villa «Casa Winter»da bo‘lishdi. Minora binosi ichida ular krematoriy va operatsiya xonasini eslatuvchi kafelli xona hamda tunnelni topishdi. Tadqiqotchilar Gitler o‘z joniga qasd qilinganini «sahnalashtir»gach, 1945 yil aprel oyi oxirida Kanar orollariga olib ketilgan, deya hisoblashadi. U villaga kotib Martin Borman va shifokor Yozef Mengele bilan kelgan deb taxmin qilinmoqda

Mutaxassislar villani ko‘zdan kechirgach, fashistlar tashqi qiyofasini o‘zgartirgan va odil suddan qochish uchun Braziliya va Argentinaga jo‘nab ketishgan, degan xulosaga kelishdi.

Villa nemis muhandisi Gustav Vinter tomonidan qurilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, loyihani fashistlar moliyalashtirgan va urush paytida suvosti kemalari inshoot ostidagi bunkerlarga joylashtirilgan. Biroq Vinter uyning qurilishi urushdan keyin tugaganligini ta’kidlab, bunday taxminlarni rad etdi. Ob’yekt haqidagi arxiv materiallari avstriyalik-nemis publitsisti Aleks Pir tomonidan ham o‘rganildi. Nashrdagi suhbatda Vinter fashistlar bilan bog‘liq bo‘lgani, ammo uyni oilasi uchun qurdirgani, kafellangan xona esa oshxona bo‘lganini aytdi. Vaholanki, muhandisning rafiqasi izolyasiyalangan turmush tarzini kechirgan va villaga ko‘chib o‘tishni rad etgan.

Ayni paytda villada Pedro Fumero yashaydi. Hozirgi villa egasining so‘zlariga ko‘ra, uning qurilishida qarindoshlari qatnashgan. Fumero qarindoshlarining o‘sha paytlar so‘zlab bergan hikoyalariga tayangan holda ushbu bino harbiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lganligini tasdiqladi. Mulk egasi "uyda ko‘p sirlar yashirganiga" va u aniq ko‘ngilochar tadbirlar uchun mo‘ljallanmaganiga amin bo‘lganligini ta’kidladi.

G.Xoldorova tayyorladi.