Havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga ham respublika hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari +13...+16 daraja, kunduz kunlari +27...+32 daraja, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan +2...+4 darajaga pastdir.
Hafta o‘rtasidan salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, havo harorati ko‘tariladi va hafta oxiriga borib, kechalari +17...+20 daraja, kunduz kunlari +34...+37 daraja atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyati ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-15 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.