Hayvonlarning biz kutmagan hayratlanarli xususiyatlari va odatlari
Tabiat barcha jonzotlarga juda ko‘p o‘ziga xos xususiyatlar va odatlarni ato etgan. Ularning barchasini bilib olish uchun bir umr ham yetmasa kerak. Biz insonning yurish-turish va odatlari haqida ozroq tasavvurga ega bo‘lsak-da, hayvonlar hayoti ko‘pchiligimiz uchun noma’lum dunyo bo‘lib qolaveradi.
Bugun tabiiy dunyo haqidagi bilimlaringizni sezilardi daraja boyitish va kelajakda qiziqarli muloqot mavzusi bo‘lib xizmat qilishini ko‘zda tutib hayvonot dunyosi vakillari haqida qiziqarli faktlarni to‘pladik.
Delfin uxlagan paytida bir ko‘zi ochiq turadi
“Tungi navbatchilik” uchun delfin bir ko‘zini ochiq qoldiradi, miyasining yarim pallasi ham ishlab turadi. Bu unga atrofda nima bo‘layotganidan xabardor bo‘lish va o‘zining sog‘ligini kuzatib turishga imkon beradi.
Ba’zi it va mushuklarning odamlarga allergiyasi bor
Allergik reaksiyani ko‘pincha odamlarda bo‘lgan qazg‘oq keltirib chiqadi.
Chivinlar ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilgan odamlarni chaqadi
Bu tanlov hasharotlarning oktanol (yog‘li spirtlar sinfiga mansub organik modda) hidiga juda qiziqishi bilan bog‘liq.
Hamma toshbaqa ham boshini qobiqqa tiqmaydi
Dengiz toshbaqalari quruqlikdagilardan farqli o‘laroq bu xususiyatga ega emas.
Qunduz xavfga duch kelganida...
Shqnday paytda u tajovuzkorning rahm-shafqat tuyg‘usini uyg‘otishga harakat qilib unga yangi tug‘ilgan bolasini ko‘rsatadi.
Jo‘jalar hali tug‘ilmagan bo‘lsalar ham, bir-birlari bilan muloqot qila oladi
Ular qo‘shni tuxumdagi birodarini eshitishga imkon beradigan maxsus ovoz tizimiga ega.
Oq ayiqlar bir-birlari bilan burunlarini tegizib salomlashishadi
Xuddi shu ishora yordam so‘rash yoki iltifotni anglatishi mumkin.
Shimpanze bolalari qo‘g‘irchoq o‘ynaydi
Kichkina shimpanze qizchalari tosh va tayoqchalarni olib inson bolalari kabi chaqaloqni tasavvur qilib ularga mehribonlik qilishadi.
Sigirlarning o‘z urg‘usi bor
Sigirlarning talaffuzi qaysi mamlakatda yashashiga bog‘liq. Demak, turli mamlakatning sigirlari turlicha ma’raydi.
Bahora to‘pladi.