Hech qachon taslim bo‘lmang!

Toki siz tirik ekansiz, barcha narsaning iloji bor. Faqatgina bir sabab uzrli bo‘lishi mumkin, bu ham bo‘lsa o‘limdir. Toki siz tirik (sog‘-salomat va ozod) ekansiz, sizda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p marotaba urinish imkoni bor. Realist bo‘ling. Biron-bir narsani birinchi martadan o‘zlashtirish ehtimoli juda ham kam. Barcha narsa vaqtni talab etadi. O‘rganish jarayonida siz ko‘p marotaba xatolarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Ulardan saboq oling.

Siz kuchlisiz. Siz o‘ylaganingizdan ham ko‘ra ko‘proq kuchlisiz. Muvaffaqiyatga erishish jarayonida kichik bir omadsizlik sizni to‘xtata olmaydi. Hatto 10, 100, 1000 marta omadsizlikka uchrasangiz ham kamlik qiladi.O‘zingizni ko‘rsating. Agar siz boshqa insonlarga o‘xshab, taniqli bo‘lishga intilmasangiz, bu sizning zaifligingiz hisoblanadi va taslim bo‘layotganingdan darak beradi. Dunyoga va o‘zingizga o‘zingizni ko‘rsating.

O‘z orzularingizga ishoning. O‘zingizga xiyonat qilmang. Hayotda sizning orzularingiz hech qachon ushalmaydi deb aytadigan ko‘p insonlar uchraydi. Hech kimga orzularingizni buzishiga yo‘l qo‘ymang. Sizning oilangiz va do‘stlaringiz. Sabot bilan oldinga intilishda, yaxshi ko‘rgan insonlarning sizni ilhomlantirishlariga ijozat bering. Ehtimol siz vaziyatga yangicha nuqtai nazardan qarashingiz, ko‘proq o‘rganishingiz, ko‘proq sinashingiz lozimdir, biroq hech qachon taslim bo‘lmang.

Ahvoli sizdan ham og‘irroq insonlar bor. Shu vaqtning o‘zida ham sizdan ko‘ra yomonroq vaziyat va tashqi muhit sharoiti ayanchli ahvolda bo‘lgan ko‘pgina insonlar mavjud. Siz faol harakat faoliyatidan voz kecha olasizmi? Siz hatto o‘z oyog‘ida yurishga imkoni bo‘lmagan insonlar haqida o‘ylang. Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiring. Qilgan narsalaringizga erishib bo‘lganingizda, siz o‘z muvaffaqiyatlaringizdan dunyoni yoki alohida insonlar hayotini o‘zgartirish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Siz baxtli bo‘lishga arziysiz. Hech kimga bu fikrga qarama-qarshi so‘zlarni aytishiga ijozat bermang. Siz baxtli bo‘lishga va omadga erishishga loyiqsiz. Bu kayfiyatni saqlab qoling va o‘z maqsadlaringizga erishish yo‘lida hech qachon taslim bo‘lmang. Boshqalarni ilhomlantiring. Taslim bo‘lishdan voz kechib, boshqa insonlar uchun ilhomlantiruvchi manbaga aylaning. Sizdan taslim bo‘lmaslik borasida ilhomlangan inson, kim biladi, nimalarga erishadi? Qanday cho‘qqilarni zabt etadi? Siz g‘alabaga juda ham yaqinsiz. Ko‘pincha, taslim bo‘lishingizni his qilayotgan vaqt, siz muvaffaqiyatga erishish ostonasiga juda ham yaqin turgan bo‘lasiz. Siz o‘z vaqtingizning har onida omadga yaqin bo‘lasiz. Shuning uchun taslim bo‘lmang!