Islom Zokirov kim edi?
Bu haqida Samarqand davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada so‘z yuritildi.
O‘zbekiston akusherlik maktabiga asos solgan olim, respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Islom Zokirov tavalludining 95 yilligiga bag‘ashlangan anjuman asosan “Ayol sog‘ligi – millat sog‘ligi” mavzusida tashkil etildi.
Tadbirda respublikamizdagi tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari mavzu doirasidagi dolzarb ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda BAA, Isroil, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Tojikiston mamlakatlaridagi nufuzli meditsina universitetlari olimlari onlayn tarzda qatnashdi.
Unda akademik Islom Zokirovning xayot yo‘li, ilmiy merosi, akusherlik-ginekologiya bo‘yicha yaratilgan ilmiy maktabining bugungi kundagi ahamiyati haqida gapirildi.
Tadbir doirasida Samarqand davlat tibbiyot institutida “Biologiya va tibbiyot muammolari” xalqaro jurnalining navbatdagi soni va I.Zokirovning “Tanlangan ilmiy asarlari” kitobi taqdimotlari ham o‘tkazildi.
To‘lqin Siddiqov.