Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kaliforniyadagi yong‘inni o‘chirib bo‘lmayapti

Kaliforniyada bir necha haftadan beri o‘rmon yong‘inlari bo‘lyapti. Yong‘in Amerika shimoli-g‘arbiy shtatidagi Indian-Folls qishlog‘ini deyarli butunlay yo‘q qildi. O‘nlab uy va binolar yonib ketgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kuchli shamol va qurg‘oqchilik yong‘in bilan kurashni murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, yong‘in joylarida ko‘tarilayotgan havo oqimi chaqmoqli "olovli bulutlar" hosil qilishi natijasida yangi yong‘inlar xavfi mavjud.

Qo‘shni Oregon shtatida ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda. U yerda ikki ming kvadrat kilometrga yaqin o‘rmon yonib ketdi. Yong‘in maydonining yarmidan ko‘prog‘i nazoratga olindi. Yong‘in bilan kurashish uchun 2200 mutaxassis jalb etilgan.