“Kattaqo‘rg‘on” poligonida harbiylar tomonidan ilk marta 14.2 mm.li qurol sinovdan o‘tkazildi
7 may kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga o‘rnatilgan 14.2 mm.li quroli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 mm.li snaryad otiladi. Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu galgi tungi va kunduzgi mashg‘ulotlarida 14.2 mm.li qurol ham sinab ko‘rildi. Ketma ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar o‘qlar nishonlarga to‘liq talofat yetkazdi.
Ushbu quroldan artilleriyachilar bo‘linmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar foydalanishi ko‘zda tutilgan. Yangi quroldan qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 mm.li quroldan otishga qo‘yiladi.