Koronavirus: Samarqandda 34 nafar kasallandi, 30 nafar bemor tuzaldi
🔺2021 yil 7 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177 383 (+419) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 13 nafari Andijon viloyatida,
📌 12 nafari Buxoro viloyatida,
📌 8 nafari Jizzax viloyatida,
📌 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 4 nafari Navoiy viloyatida,
📌 12 nafari Namangan viloyatida,
📌 34 nafari Samarqand viloyatida,
📌 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 31 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌10 nafari Xorazm viloyatida,
📌 99 nafari Toshkent viloyatida,
📌 166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida respublikamiz bo‘yicha 399 nafar, shundan Samarqand viloyatida 30 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 172 656 nafarga yetdi. 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.