Koronavirus tufayli jahon chempionati qoldirildi
- 18.03.2020 13:48
- 167
- Sport
Joriy yilning iyun oyida Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha 2021 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ham qoldirildi, deya xabar qiladi FIFA matbuot xizmati.
Musobaqaning yangi muddati sifatida uchta variant ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni, 2021 yilning ikkinchi yarmi, 2022 va 2023 yillarda ham o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, joriy yilda o‘tishi ko‘zda tutilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati ham 2021 yilga qoldirilgach, Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasini o‘tkazish masalasi ochiq qolmoqda. Har to‘rt yilda o‘tkaziladigan yangi formatdagi mazkur musobaqada 24 ta klub ishtirok etadi. Avvalgi formatda har bir mintaqaning g‘oliblari har yili g‘oliblik uchun kurash olib borardi.