Kuzgi shudgor nima uchun muhim?
Kuzgi yer haydash sug‘oriladigan maydon uchun yuqori sharoit yaratadi. Sug‘oriladigan maydonda olimlar tomonidan belgilangan ma’qul muddatda, ma’lum chuqurlikda va tuproq sharoitini hisobga olib sifatli o‘tkazilgan kuzgi haydov, kelgusi yilgi yuqori hosil olishni ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Yer erta bahorgacha miriqib dam oladi, ekin ekish uchun yetiladi, mayin, havol va donador tuproqli qatlam hosil qiladi. Yog‘inlar yerga to‘yib singadi, namlik zaxirasini hosil qiladi.
Kuzgi shudgorlash jadvali va sho‘r yuvish, yaxob suvi berish hamda kollektor-zovur tarmoqlarini tozalash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali tuproqda o‘simlik uchun kerak bo‘ladigan suv-ozuqa-havo-issiqlik tartibotini normal holatda bo‘lishi ta’minlanadi.