Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
- 02.09.2025 09:06
- 92
- Ta’lim
Bugun viloyatimizning barcha umumta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tkazildi.
Samarqand shahridagi 58-umumta’lim maktabida ham «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan ta’lim dargohi o‘quvchilarga yana o‘z eshiklarini ochdi.
Joriy o‘quv yilida ta’lim muassasasiga 105 nafar o‘g‘il-qiz birinchi sinfga qabul qilingan.
Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar, ularning ota-onalari, faxriy ustozlar, mahalla faollari ishtirok etdi. 1-sinf o‘quvchilariga «Prezident sovg‘a»lari topshirildi.
Darslar "Kelajak soati" mashg‘uloti bilan boshlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Piraxa - hech qachon uxlamaydigan qabila
- Kecha, 17:49
- O'qing, qiziq!