MIB: Samarqand shahri ko‘chalarida noqonuniy qurilma buzilmoqda

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qarori ijro qilish uchun kelib tushgan.

Ushbu qarorda javobgar B.M. tomonidan Samarqand shahri, Yu.Gagarin ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda yengil konstruksiyali qurilmani buzish belgilangan.

Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, javobgar ixtiyoriy buzib bermagan.

Byuroning Samarqand shahar bo‘limi Davlat ijrochisi Munis Bekmurodovning ma’lum qilishicha, ijro harakatlari davomida bo‘lim tomonidan mazkur qarorda belgilangan noqonuniy qurlmalar majburiy tartibda buzdirilib javobgarning zimmasiga ushbu joyni oldingi holatga keltirish majburiyati yuklatilgan.