Narpaydagi mahallada bir kunda yangi korxona, mahalla uchun bino, YHXB tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish binosi va xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi
Tumandagi Salovat mahallasida Konstitutsiya kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil qilindi.
Dastlab 4 mingdan ziyod aholi va 150 nafar harbiy xizmatchilar hamrohligidagi "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida bo‘lib o‘tgan yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafondan so‘ng, Salovat mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, «Nuroniy» jamg‘armasi respublika Boshqaruvi raisi, O‘zbekiston qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev, viloyat hamda tuman mas’ullari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilingan bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
Shu qatorda, Salovat mahallasida bir qator yangi xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish ob’yektlarining ochilish marosimlari ham bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, qayta ta’mirlangan Salovat mahallasi binosi, Samarqand viloyati IIB JXX YHXB to‘rtinchi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish guruhi uchun qurilgan bino, uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun plyonkali paket ishlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "NARPAY IDEYAL" oilaviy korxonasining binosi hamda stomatologiya, UZI, kardiologiya kabi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan "Soliha DENT" xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi.
Tadbirlar so‘ngida esa bir qator faol fuqarolar viloyat va tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.