Bizni kuzating

Nega bu brendlar shunday nomlanadi?

Ism-shariflari hammaga ma’lum, biroq o‘zini deyarli hech kim ko‘rmagan asoschilar haqida bilasizmi?

Choyxo‘rligimiz «Korkunov» yoki «Toblerone» shokoladlari bilan yanada yoqimliroq tus oladi, «Dyson» changyutgichlari tufayli uylarimiz ozoda saqlanadi, «Gillette» ustara pichoqlari esa deyarlibarchaga tanish. Qiziq, bu brendlar nomlari nimadan kelib chiqqan ekan?

ADME mushtariylarni barchaga tanish ushbumashhur nomlanishlar ortida turgan insonlarbilan tanishtiradi.

Korkunov

“Korkunov” shokolad va konfetlar brendiga 1999yilda rossiyalik tadbirkor Andrey Korkunov asossoldi. O‘z faoliyatini loyihalash byurosidagioddiy muhandislik lavozimidan boshlagan “shokolad qiroli” 2007 yilda o‘zining ushbubiznesini “Wrigley” saqich ishlab chiqaruvchikompaniyasiga sotdi. Shundan so‘ng, Andrey Korkunov o‘z e’tiborini bank sohasiga qaratdi. Shu bilan birga, uning familiyasini olganshokoladlar bugungi kunda ham butun dunyodagishirinlik ixlosmandlari ko‘nglini zabt etishdadavom etmoqda.

Gillette

“Gillette” ustaralarining yaratilishi King Kemp Jillet ismli kishiga borib taqaladi. Aynan u arzon, yupqa po‘lat tig‘ g‘oyasini o‘ylab topgan.

Swarovski

Olmosdek yaltiraydigan “Swarovski” kristallariaslida brilliantlarning hamyonbop muqobil taqlidi sifatida yaratilgan. Kompaniya XIX asr oxirlarida kristall imperiyasiga asos solgan va kristallarni avtomatlashtirilgan tarzda silliqlash uskunasini ixtiro qilib, ishlab chiqarishga joriy etgan Daniyel Svarovski sharafiga nomlangan. Bu uskuna yordamida har bir moda ixlosmandi sotib olishi mumkin bo‘lganbenuqson toshlar yaratiladi. 125 yildan ortiq vaqt davomida Daniyelning avlodlari ushbu kristallarga bo‘lgan talabni muvaffaqiyatli saqlab kelmoqdalar.

Toblerone

Shirinlikka o‘ch odamlar Shveysariya «Toblerone» shokoladining ajoyib ta’mi va o‘ziga xos shakligaqarshi tura olmaydilar. Dastlab boshqa shokolad ustalari tayyorlagan shirinliklarni sotish bilan shug‘ullangan Jan Tobler keyinroq o‘z fabrikasiniochgan. U o‘z familiyasi — “Tobler”ni “yong‘oqholva”so‘zi bilan birlashtirib, mahsulotga shu nomniberdi.

Kenzo

Kenzo Takada oiladagi yetti farzandning biri edi. Opa-singillarining moda jurnallari unda go‘zalliboslarga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otdi va bu uningTokiodagi moda kollejida o‘qigan ilk erkaktalabalardan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi. Faoliyatini moda sanoatining eng quyipog‘onasidan boshlagan bu mashhur yapon dizaynerikeyinchalik o‘z nomi bilan ataluvchi ulkanimperiyani barpo etdi. U dunyoni yapon dizaynibilan tanishtirdi, uning brendi esa eklektik go‘zallikning ramziga aylandi.

Heinz

Bugungi kunda “Heinz” ketchup va souslarini harbir muzlatgichda uchratish mumkin, bir paytlar esayosh Genri Hayns o‘z tomorqasida yetishtirganqirg‘ichdan o‘tkazilgan xren (achchiq ildiz)niqo‘shnilariga sotgan edi.

U endigina 12 yoshda bo‘lishiga qaramay, kichik biznesi shu qadar rivojlanib ketdiki, vaqt o‘tishi bilan tuzlamalar, selderey sousi, sirka va qaylalarni ham o‘z ichiga olgan mahsulotlar qatori kengayib bordi. 25 yoshga to‘lganida Genri oziq-ovqat kompaniyasiga asos soldi, bugungi kunda esabutun dunyo odamlari uning mahsulotlariningajoyib ta’midan bahramand bo‘lib kelmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.