O‘FA: O‘zbekiston va Yangi Zelandiya o‘yini qoldirildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvga faol tayyorgarlik olib bordi. O‘yin oldidan topshirilgan PSR testlar jamoamizning barcha a’zolarida manfiy chiqdi va hammasi reja bo‘yicha ketayotgandi.

Biroq bugun, 1 fevral tongida Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida o‘yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi.

Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi.