"Oilaviy drama": qarz, qamoq va yarashuv

Past Darg‘om tumanida haqiqiy "oilaviy drama"si yuz berdi: aliment to‘lamaganlik uchun 15 sutkaga qamalgan erning turmush o‘rtog‘i qarzlarni o‘zi to‘lab, uni qamoqdan chiqarib oldi.

Bu voqea kuzatuvchilarda "Muhabbat g‘alaba qozondimi yoki ro‘zg‘or qiyinchiligimi?" degan muhokamalarni qo‘zg‘atdi.

Voqea tafsilotlari

Erning qamoqqa tushishiga sabab - ular bir ro‘zg‘orda yashab, bolalarini boqib kelayotgan bo‘lsa-da, ayol aliment undirib turgan. Navbatdagi janjaldan so‘ng, turmush o‘rtog‘i 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish qiyin bo‘lib qolgach, ayol qarzlarni o‘zi to‘lab, 5-kunning o‘zidayoq sudga murojaat qilgan. Sud qarorni bekor qilib, erni ozodlikka chiqargan!

Hozirgi holat

Oila yarashib, farzandlar tarbiyasi bilan band. "Bir-birimizsiz yasha olmaymiz" deganday, hammasi yaxshilik bilan tugadi.

Jaloliddin Sherboyev,

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori.