O‘zbekiston ekologik aloqalarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

Samarqand shahrida BMTning yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiyasi (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishi davom etmoqda.

Bugun CMS COP14 yig‘ilishi doirasida “Champion Night” tadbiri tashkil etildi. Unda ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash borasidagi ulkan sa’y-harakatlari va sadoqatlari uchun yangi CMS chempionlari mukofotlandi.
Tadbir davomida O‘zbekiston “2024–2026 yillarda ekologik aloqalarni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston nomzodi sertifikatini CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovga topshirdi.