“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bayram chegirmalarini e’lon qildi

MAK O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi.

Kompaniya 31 avgustdan 3 sentyabrga qadar ichki yo‘nalishda amalga oshiriladigan barcha qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qildi. Chipta xarid qilayotganda chegirmani O‘zbekiston fuqarolari bilan bir qatorda xorijiy fuqarolar ham olishlari mumkin.

Bayram chegirmalari:
• Individual yo‘lovchilar uchun – 30%;
• Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari, O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%;

• Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
• Nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%;

• 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;

• Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun – 50%.
Chegirmali aviachiptalarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning aviachiptalarni sotish markaziy ofisi va O‘zbekiston aeroportlari kassalarida chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.