Nega "O‘zbekiston havo yo‘llari" Moskvadan O‘zbekistonga qaytish aviachiptasi narxini ko‘tardi?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ushbu savolga javob berdi:

➖ Xorijdan o‘zbekistonlik fuqarolarni olib kelish uchun tashkillashtirilayotgan charter reyslar uchun avvalida aviachiptalar narxi minimal tarifdan oshmasligi belgilangan edi.

2020 yilning aprel-may oyi boshlarida O‘zbekistonga parvoz uchun chiptalarni minimal tariflarda sotish salbiy moliyaviy natijaga olib keldi (yo‘lovchilarni tashish faqat qaytish yo‘nalishida amalga oshirilishini hisobga olgan holda, chiptalarni minimal tariflar bo‘yicha sotish ikki yo‘nalishdagi reyslarning harajatlarini qoplashi imkonsiz).

Kompaniya tomonidan 2020 yilning 23 mayiga qadar amalga oshirilgan reyslarga chiptalar minimal tariflar bo‘yicha sotilgan. Misol uchun, “Moskva – Toshkent” yo‘nalishi uchun chiptalar narxi 148 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilning 23 mayidan 1 iyuniga qadar 204 AQSh dollarini, 1 iyundan 7 iyunga qadar 289 AQSh dollarini, 8 iyundan 21 iyunga qadar 322 AQSh dollarini tashkil etgan.