"Samarqand-Toshkent" reysi texnik sabablarga ko‘ra o‘zgartirildi
- 13.12.2019 10:47
- 222
- Dolzarb
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bir qator qatnovlarning ba’zi sabablarga ko‘ra kechikish bilan amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Xususan, HY-606 (Moskva-Samarqand) qatnovining uchishi texnik sabablarga ko‘ra, soat 21:55 (12 dekabr) o‘rniga Moskva vaqti bo‘yicha soat 01:55 da (13 dekabr) amalga oshirildi. Qo‘nish vaqti soat 03:30 da emas, mahalliy vaqt bo‘yicha soat 07:30 da amalga oshirildi.
Farg‘onadan Moskvaga amalga oshirilgan HY-627 reysining uchishi ob-havo sharoitlari sababli soat 17:40 dan (12 dekabr) 11:50 ga (13 dekabr) ko‘chirildi.
HY-046 "Samarqand-Toshkent" reysi texnik sabablarga ko‘ra, bekor qilindi. Ushbu qatnov yo‘lovchilari HY-042 qatnovi bilan 13 dekabr kuni soat 21:15 da olib ketiladi.
Milliy aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.