Qo‘shma Shtatlarda migrantlar oqimi rekord darajada o‘smoqda

Qo‘shma Shtatlarda so‘nggi 20 yil ichida muhojirlarning eng katta oqimi qayd etildi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasa ma’lumotiga asoslanib Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Amerika va Meksikadan kelgan migrantlar tomonidan chegarani kesib o‘tishga urinish 2020 yil aprelidan beri oshib ketdi.

«Aytish joizki, Meksika, Gvatemala va Salvadorda yashash sharoiti tobora yomonlashib, hayot og‘irlashmoqda. AQShga qochishning asosiy sabablari ham ushbu mamlakatlardagi qashshoqlik, zo‘ravonlik va korrupsiyadir», deyiladi ma’lumotda.

2021 yil fevral oyida AQSh chegara xizmati xodimlari qariyb 101 ming muhojirga nisbatan Meksika bilan chegarada «to‘xtatish/chiqarish»ni amalga oshirdi. Bu 2019 yilgi chegaraviy inqirozdan beri eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir.

«Qarovsiz qolgan bolalar qaytarilmaydi». Ayni paytda qariyb 4300 nafar ota-ona yoki yaqinlarisiz qolgan bola chegara xizmati xodimlari tomonidan saqlanmoqda. Ular uch kun ichida ijtimoiy uylarga o‘tkazilishi kerak.

O‘z navbatida, yangi ma’muriyat avvalgi ma’muriyatning qat’iy immigratsiya siyosatini yumshatishga va’da berib, vaziyat keskinlashuviga sababchi bo‘ldi, deya ta’kidlashmoqda Kongress respublikachilari.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden oldingi ma’muriyatning migratsiya siyosatini «milliy sharmandalik» deb atadi va salafi Donald Trampning migrantlarga oid bir qator buyruqlarini bekor qildi.