Qo‘shrabotda 100 gektar yeri borlar ham “temir daftar”ga kiritilgan. Nega?

Qo‘shrabot tumanidagi 42 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 131 ming 132 nafar aholidan 28 ming 451 nafari (1966 oila) “temir daftar” ga kiritilgan.

Qayta o‘rganish jarayonida mahallaning noto‘g‘ri tavsiyasi bilan o‘nlab oilalar “kambag‘al” deb topilgan. Aytishlaricha, “Xalq banki” tuman filiali rahbarining ukasi ham “tanish-bilish”chilik bilan ro‘yxatga qo‘shilib qolgan.

Shuningdek, Navkat mahallasida yashovchi Sh.O‘ralov ukasi bilan birga 100 gektarlik fermer xo‘jaligini yuritayotgani uchun ro‘yxatdan chiqarilgan.

Tumandagi 3-sektor rahbarining aytishicha, hududdagi mahallalarda o‘ndan ortiq shunday holat aniqlangan.