Rodri 64 yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniyaga «Oltin to‘p»ni qaytardi

28 yoshli futbolchi Rodri Ernandes 1960 yildan beri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk ispaniyalik futbolchi bo‘ldi. So‘nggi marta 1960 yili Luis Suares g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek, «Manchester Siti» futbolchisi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan uchinchi ispanga aylandi. Unga qadar Alfredo Di Stefano ikki bor (1957, 1959) va Luis Suares (1960) «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqan.

Oltin to‘p ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz beruvchilar FIFA reytingidagi "TOP-100" davlatlardan taklif qilinadi. Demak, butun dunyo Rodrini oltin to‘pga munosib deb topgan. Faqat «Real Madrid» muxlislari bunga rozi emas.

Ko‘pchilik futbol mutaxassislari va fanatlari "Oltin to‘pning obro‘si tushdi", demoqda. Aksincha, «Real Madrid» o‘z futbolchisi oltin to‘p olmagani uchun UEFAga boykot e’lon qildimi, demak, bu ham oltin to‘pning mavqei yuqorilaganidan darak beradi. Agar sovrin mavqei past bo‘lganida, u holda «Real Madrid»dek XX asrning eng yaxshi klubi bu sovringa boykot e’lon qilmas edi.

Xullas, Rodri Ernandes — oltin to‘p olishini butun dunyo xohladi, bir-ikki foiz madridchilardan tashqari, xolos.

Boshqa nominatsiyalar:

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona»);

Eng yaxshi darvozabon — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina);

Eng yaxshi murabbiy — Karlo Anchelotti («Real»);

Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Emma Hayes («Chelsi»);

Eng yaxshi jamoa — «Real Madrid» (Ispaniya);

Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya);

Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya);

Eng yaxshi hujumchi — Harri Keyn («Bavariya»/Angliya) va Klian Mbappe («PSJ» va «Real»/Fransiya).