Rossiyalik harbiy sport klubi taslim qilindi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan jamoamiz Rossiya Premer ligasining 6 karra chempioni Moskva shahrining SSKA klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Avvalroq «Dinamo» PFK fransiyalik himoyachi Jesa Mabepa Ayessa bilan shartnoma bekor qilinganini tasdiqlagandi.
Rossiyaning harbiy sport klubi bilan kecha bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.
Gollarga Nurillo To‘xtasinov, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov va Ahadjon Hoshimov mualliflik qildi.
Uchrashuvdan so‘ng Vadim Abramov o‘zi fikrlarni bildirib, jumladan, shunday degan:
«Rossiyaning 6 karra chempioniga qarshi superkambek. Ha, hammasi yaxshi kechdi, ayniqsa har bir futbolchiga imkoniyat berishga intildik. Boshida o‘z kuchimizga uncha ishonmadik, keyin esa o‘yin tizginini qo‘limizga olgach, ishona boshladik. Maydonda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Raqibning esa kuchli tomoni standart vaziyatlar edi, buni yigitlarga tushuntirgandik.