Samarqandda tungi reydlar davomida qator huquqbuzarliklar oldi olindi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, hududda tungi kuchaytirilgan reyd tadbirlarini har kuni o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tkazilgan tungi reydlar davomida Samarqand shahridagi 5 ta tungi klub faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 472 nafar shaxs ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 6 nafar muqaddam sudlangan shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi. 2 nafar jamoat joyida mayda bezorilik sodir etgan shaxsga nisbatan Samarqand shahar JIB sudi tomonidan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 8 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar SVND shifoxonasiga joylashtirildi. 9 nafar yengil tabiatli ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 379 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shundan, 9 ta mast, 20 ta hujjatsiz, 14 ta oynalari tusini ruxsatnomasiz qoraytirib avtotransport boshqargan hamda 63 ta boshqa turdagi huquqbuzarliklar sodir qilgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.