Samarqandda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi reydlar o‘tkaziladi

Reydlarda asosiy e’tibor qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etib yurgan haydovchilarni, tungi klub, karaoke, barlar va boshqa ko‘ngilochar joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, ko‘p qavatli uylar atrofida tunning ikkinchi yarmida maqsadsiz yurgan fuqarolarni aniqlash, qidiruvdagi shaxslarni topish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalasiga qarshi kurash, yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxslarni tungi vaqtlarda sababsiz yurganlik holatlarini aniqlash va boshqa kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratiladi.

Bu kabi kuchaytirilgan tungi nazorat-reyd tadbirlarini har kuni o‘tkazish belgilangan.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.